Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya o‘z chegaralarida YeI mamlakatlari fuqarolarining hujjatlarini tekshirishni boshlaydi
Shvetsiyada Shengen kelishuvi bo‘yicha mamlakatga avtobus, paromlar va poyezdda kirib kelayotgan Yevropa Ittifoqi a'zolari bo‘lgan mamlakat fuqarolari chegarada qat'iy hujjat nazoratidan o‘tadi. Bu haqda Al Jazeera xabar bergan.
Qayd etilishicha, bu qaror 4 yanvar kunidan boshlab kuchga kirdi. Bu qaror Shvetsiya parlamentida dekabr oyida mamlakatga qochqinlar kirib kelishi hajmini kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan qonun doirasida joriy qilingan. Bu qonun 2018 yilning 21 dekabr kunigacha amalda bo‘ladi.
Yangi qoida har kuni ish tufayli mamlakat chegarasini kesib o‘tuvchi qo‘shni Daniya fuqarolarining noroziliklariga sabab bo‘lgan.