Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Xalqaro savdo tashkilotiga Rossiya ustidan arz qiladi
Turkiya hukumati Rossiya tomonidan joriy etilgan sanksiyalar munosabati bilan Xalqaro savdo tashkilotiga norozilik arizasini kiritmoqchi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Mustafo Elitash Daily Sabah gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Norozilik XSTga yuborilish oldidan ko‘rib chiqilmoqda. Biz jabr ko‘rgan barchaning huquqlarini xalqaro sudlarda himoya qilamiz. Savdoning axloqiy asosi bo‘lmog‘i lozim. Tadbirkorlar Rossiya hukumatiga ishonch bildirib, u yerga investitsiya kiritgan edi”, - ta'kidlab o‘tdi u.
Vazir Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi bunday munosabatlarni quyidagicha sharhladi: “Ba'zan ob-havo quyoshli bo‘ladi, ba'zan bulut qoplaydi, yomg‘ir yog‘adi. Bulutli havo bo‘lganida ularning xatti-harakatlari xalqaro savdo qoidalariga muvofiq kelmay qoladi”.