Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela, OPeK sammiti o‘tkazilmagan taqdirda, neft narxi 27 dollarga tushib ketishini aytmoqda
Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino Telesur telekanaliga bergan intervyusida mamlakat hukumati neft yetkazuvchi davlatlar karteli bo‘lmish OPeKning favqulodda sammiti o‘tkazilishi borasida tashabbus ko‘rsatayotganini ta'kidlab o‘tdi.
“Prezident Nikolas Maduro bilan bir paytda biz OPeK yetakchilarini va mustaqil ishlab chiqaruvchilarni yanvar oyida favqulodda sammit o‘tkazishga undamoqdamiz”, - dedi u.
Del Pinoning fikricha, bunday sammit o‘tkazilmasa, ishlab chiqaruvchilar o‘z harakatlarini muvofiqlashtirib bormasa, neft narxi 10 dollarga tushib, bir barreli 27 dollarni tashkil etishi mumkin.