Jamiyat | 19:25 / 05.01.2016
5254
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Jorjiya shtatidagi motelda 11 bola garovga olindi

AQShning Jorjiya shtatida, shtat markazi Atlanta shahridan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan motelda (kichik mehmonxona) 11 nafar bola va bir ayol garovga olindi. Bu haqda NBC News xabar tarqatgan.

Garovga olinganlar bir noma'lum shaxs qo‘lidaligida ayol telefon orqali politsiyaga xabar berishga ulgurgan.

Tez orada politsiya vakillari hududga yetib kelib, qutqaruv amaliyotini o‘tkazgan.

Fox News xabariga ko‘ra, amaliyot natijasida garovdagilarning barchasi ozod qilingan. Garovga oluvchi esa o‘q tegishi tufayli jarohat olgan.