Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahrayn Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi
Bahrayn ham Saudiya Arabistoni ortidan Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda mahalliy televideniye xabariga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Bu qaror 4 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishga qaror qilganidan keyin 1 kun o‘tib qabul qilindi.
Bundan oldinroq, Bahraynda shialar xatibining qatlidan norozi bo‘lganlar navbatdagi norozilik namoyishi o‘tkazishgani haqida xabar berilgandi.
Bahrayn Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishidan keyin birinchi bo‘lib, bu davlatning ishini takrorlagani ilk davlat bo‘lgan va Eron elchisini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni IIV 2 yanvar, shanba kuni 47 kishini qatl qilgani, ular orasida shia ulamosi Nimr an-Nimr ham borligini ma'lum qildi. Shundan so‘ng Eron poytaxtidagi Saudiya Arabistoni elchixonasiga namoyishchilar bostirib kirdi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzdi.