Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahraynda shialar xatibining qatlidan norozi bo‘lganlar navbatdagi norozilik namoyishi o‘tkazishdi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida Saudiya Arabistoni tomonidan shialar xatibi Nimr an-Nimrning qatl etilishiga norozi kishilar ommaviy norozilik namoyishlarini o‘tkazishdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ular huquq-tartibot organlari xodimlariga yonuvchi qorishmali shisha uloqtirdi, bunga javoban politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va boshqa maxsus vositalarni qo‘lladi. Ba'zi xabarlarga ko‘ra, to‘qnashuv vaqtida sochma o‘q qo‘llanilishi natijasida jabrlanganlar bor.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni IIV 2 yanvar, shanba kuni 47 kishini qatl qilgani, ular orasida shia ulamosi Nimr an-Nimr ham borligini ma'lum qildi. Shundan so‘ng Eron poytaxtidagi Saudiya Arabistoni elchixonasiga namoyishchilar bostirib kirdi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzdi.