Jahon | 01:25 / 05.01.2016
5336
1 daqiqa o‘qiladi

Bir kun ichida Kobul aeroporti yaqinida ikkinchi portlash yuz berdi

Kabul aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan ikkinchi portlash natijasida 30 nafar kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Portlashni mamlakatdagi “Tolibon” guruhi o‘z zimmasiga olgan. Guruh bergan ma'lumotga ko‘ra, portlash natijasida o‘nlab kishilar halok bo‘lgan, chet elliklar jabrlangan.

Bundan oldingi portlash, politsiya ma'lumotiga ko‘ra, avtomobildajoylashtirilgan portlovchi qurilmani ishga tushirish tufayli kelib chiqqanligi ma'lum qilingan edi.