Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: ba'zi bir suriyaliklarda zarin ta'sirining izlari topildi
BMTning kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha missiyasi Suriyada olib borilgan tekshiruvlar davomida ayrim odamlarda zarin va turdosh zaharli moddalar ta'siriga duchor bo‘lganini aniqladi. Bu haqda missiyaning hisobotiga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Hujjatda aytilishicha, Suriya hukumati kimyoviy qurol 11 marotaba qo‘llanganini tan olgan. Lekin bu amalga oshirilgan vaqt va joy ko‘rsatilmagan.
“Ayrim qon namunalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, odamlar qaysidir vaqtda zarin yoki o‘xshash modda ta'siriga duchor bo‘lgan”, - dedi missiya bosh direktori Ahmat Uzumju.