Jahon | 00:52 / 05.01.2016
3908
1 daqiqa o‘qiladi

Bokuda Eron va Saudiya Arabistoni elchixonalari oldida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Ozarbayjonda Eron va Saudiya Arabistoni elchixonalari oldida xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirildi. Bu haqda ANS xabar bermoqda.

Hukumat bunday tadbirlarni ar-Riyod va Tehron o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning yomonlashgani sabab qo‘llaganini ma'lum qilgan.

Bundan tashqari Ozarbayjondagi Eron elchisi Mosxun Pak Ayin telekanalga bergan intervyusida Saudiya Arabistonining qilgan ishi inson huquqlarining poymol qilinganini anglatishini aytib o‘tgan.

O‘z navbatida, Ozarbayjondagi Saudiya Arabistoni elchisi Musaid bin Ibrohim bil Abdulloh al-Salim Eronni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.