Jahon | 14:31 / 05.01.2016
3639
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt Saudiya Arabistoni elchixonasiga uyushtirilgan hujum tufayli Erondagi elchisini chaqirib oldi

Kuvayt Erondagi elchisini ortga chaqirib oldi. Bunga Tehronda Saudiya Arabistoni elchixonasiga uyushtirilgan hujum sabab hisoblanadi. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar tarqatgan.

2 yanvar kuni Saudiya Arabistonida shialar xatibi Nimr an-Nimr qatl etilgach, 3 yanvar kuni Tehron va Mashhadda saudiyaliklarga qarshi norzilik namoyishlar o‘tkazildi va bu davlatning Eron poytaxtidagi elchixonasiga o‘t qo‘yildi.

4 yanvar kuni dastlab Saudiya Arabistoni, so‘ng Bahrayn, Sudan va BAA davlatlari Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi.