Sport | 18:29 / 05.01.2016
7605
1 daqiqa o‘qiladi

"Lokomotiv" Jyeparov va Maxaradzeni o‘z safiga qo‘shib oldi

Bugun, 5 yanvar kuni Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Server Jyeparov Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

"Bir necha yildan beri O‘zbekiston chempioni bo‘lish uchun harakat qilib kelayotgan "temiryo‘lchilar" o‘z saflarini ikki nafar yetakchi futbolchi bilan to‘ldirib oldi. Ulardan biri MTJning yetakchisi Server Jyeparov, ikkinchisi "Paxtakor" sardori Kaxi Maxaradze", deyiladi championat.asia sayti xabarida.

Shunday qilib, Server Jyeparov 5 yillik tannafusdan so‘ng yana oliy ligaga qaytdi.
Ulardan tashqari "Mash'al" himoyachisi Sherzod Fayziyev ham klub bilan shartnomaga imzo chekdi.

Server Jyeparov "Ulsan Xyunday" jamoasidan ketdi

Server Jyeparov A Ligaga yo‘l olishi mumkin

Server Jyeparov "Lokomotiv" yig‘inida ishtirok etadi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish