Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iz milliy taomini haqoratlagan britaniyalik Qirg‘izistondan deportatsiya qilinadi
Qirg‘izistonda sud ijtimoiy tarmoqda qirg‘iz milliy taomi – chuchukni nojoiz narsaga o‘xshatgan Britaniya fuqarosi Maykl Makfitni mamlakatdan deportatsiya qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda mahalliy OAV xabar qildi.
Ayni vaqtda Qirg‘iziston IIV xorijlik mehnat qilgan Qumtor konida sud hukmi sababli norozilik namoyishi bo‘lishidan cho‘chimoqda. Boisi britaniyalik hech qanday jarimalarsiz osongina qutulmoqda.
Sud qaroriga ko‘ra, Makfit 24 soat ichida mamlakatdan deportatsiya qilinadi.
Avvalroq Maykl Makfit Bishkek aeroportida qirg‘iz milliy taomi chuchukni otning jinsiy a'zosiga o‘xshatgani uchun qo‘lga olingan edi.