Jahon | 16:13 / 05.01.2016
4375
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston IIV ekstremistlarga qarshi keng miqyosli operatsiya o‘tkazdi

Qirg‘iziston IIV O‘ninchi boshqarmasi xodimlari Yangi yil bayramlari kunlarida respublikaning janubiy viloyatlaridagi ekstremistik va terrorchi harakatlarga qarshi bir qator maxsus amaliyotlar o‘tkazdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Aytilishicha, tadbirlar davomida milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘sh va Jalolobod viloyatlarida 19 jinoyat fosh etilgan, ularning aksariyati ekstremistik va terrorchilik xarakteriga ega bo‘lgan.

Tadbir yakunlariga ko‘ra Jalolobod viloyatining o‘zidagina diniy adovat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq 17 holat qayd qilindi.