Jamiyat | 19:18 / 05.01.2016
7291
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlar "Pochta Rossii" orqali pul jo‘natishlari mumkin

"Pochta Rossii" Rossiya Federatsiyasining ko‘plab aholi punktlarida joylashgan pochta aloqasi bo‘limlarida "Forsaj" xalqaro pul jo‘natmalari xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilindi.

Blizko to‘lov tizimi orqali O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga 150 ming rublgacha pul jo‘natmalarini amalga oshirish mumkin.

To‘lov komissiyasi miqdori esa 149 rubldan kam bo‘lmagan umumiy summaning 1,8 foizini tashkil etadi.

Rossiya kompaniyasi yuborilgan pullarni bir necha daqiqalar ichida olish mumkinligini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish