Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Eron bilan aloqalar tiklanishi shartini aytdi
Saudiya Arabistonining BMTdagi vakili Abdulloh al-Muallimiyning ma'lum qilishicha, Eron bilan aloqalar rasmiy Tehronning "boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga, xususan Saudiya Arabistonining xususiy ishiga aralashmasligi" evaziga tiklanishi mumkin.
U shuningdek, Eron bilan diplomatik munosabatlarning uzilishi bu davlatni "o‘ziga keltirib qo‘yishi"ga ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.
Shu kuni Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilindi.
3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligini bildirdi.
Shundan so‘ng, Bahrayn va Sudan Eron elchilari va diplomatlarini o‘z hududidan chiqarib yuborishga kirishdi, BAA esa Erondan o‘z elchisini chaqirib oldi.