Jamiyat | 15:49 / 05.01.2016
4425
1 daqiqa o‘qiladi

Temir Sariyev: GESdagi avariya elektr ta'minotida uzilish keltirib chiqarmaydi

28 dekabr kuni Qirg‘izistondagi eng yirik elektr yetkazib beruvchi – To‘qtagul GESida ro‘y bergan avariya oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida ta'mirlash va tiklash ishlari tezkor sur'atlarda olib borilmoqda va bu ishlar yaqin orada tugatiladi.

Mamlakat bosh vaziri Temir Sariyevning ma'lum qilishicha, avariya tufayli kelib chiqqan noqulayliklar mamlakat aholisining elektr quvvati bilan ta'minlanishida uzilishlar kelib chiqishiga sabab bo‘lmaydi.Sariyev milliy radiokompaniya efiri orqali ushbu bayonotni tarqatdi.