Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 07:58 / 05.01.2016
4725
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonlik ayol bir yasharlik qizini sotgani uchun hibsga olindi
Tojikistonning Xo‘jand shahrida yashovchi 33 yoshli ayol bir yasharlik qizini sotishda gumon qilinib qo‘lga olindi.
Respublika IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘z qizini Xo‘jand fuqarosiga 400 dollarga sotib yuborgan.
Qo‘lga olingan ayol muqaddam ham o‘g‘irlik va voyaga yetmaganlarni sotish jinoyatlarini sodir etib sud qilingan.
Ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.