Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi Inha universiteti bolalar uchun bepul dasturlash darsini o‘tkazadi
Birinchi «Ajoyib matematika» ilmiy-amaliy festivali doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan «Dasturlash soatini» o‘tkazadi. Bu haqda universitet rasmiy saytida e'lon qilindi.
E'londa keltirishicha, ikki kun davomida, ya'ni 7-8 yanvar kunlari soat 10:00 dan 11:00 ga qadar istagan bola Scratch vizual dastrulash tili bo‘yicha bitta bepul darsda ishtirok etishi mumkin.
Bepul darsga ro‘yxatga olish jarayoni 6 yanvar kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi Inha universiteti stendida boshlanadi.
7 yanvar kuni dars o‘zbek tilida, 8 yanvar kungi dars esa rus tilida o‘tkaziladi.
Darslar Scratch vizual dasturlash tili asosida bo‘lib, qiziqarli o‘yin shaklida o‘tkaziladi.
Darsda ishtirok etgan bolalar dasturlash haqida umumiy tushuncha va o‘zlari qanday qilib qiyin bo‘lmagan o‘yinlarni yaratishlari mumkinligi haqida tasavvur hosil qiladilar.
Joylar soni cheklangan, ro‘yxatdan o‘tgan dastlabki 40 nafar bolagina mashg‘ulotlarda ishtirok etishi mumkin.