Birinçi «Ajoyib matematika» ilmiy-amaliy festivali doirasida Toşkent şahridagi Inha universiteti 9 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun möljallangan «Dasturlaş soatini» ötkazadi. Bu haqda universitet rasmiy saytida e'lon qilindi. 

E'londa keltirişiça, ikki kun davomida, ya'ni 7-8 yanvar kunlari soat 10:00 dan 11:00 ga qadar istagan bola Scratch vizual dastrulaş tili böyiça bitta bepul darsda iştirok etişi mumkin.

Bepul darsga röyxatga oliş jarayoni 6 yanvar kuni soat 14:00 da Toşkent şahridagi Inha universiteti stendida boşlanadi.

7 yanvar kuni dars özbek tilida, 8 yanvar kungi dars esa rus tilida ötkaziladi.
Darslar Scratch vizual dasturlaş tili asosida bölib, qiziqarli öyin şaklida ötkaziladi.

Darsda iştirok etgan bolalar dasturlaş haqida umumiy tuşunça va özlari qanday qilib qiyin bölmagan öyinlarni yaratişlari mumkinligi haqida tasavvur hosil qiladilar.

Joylar soni çeklangan, röyxatdan ötgan dastlabki 40 nafar bolagina maşğulotlarda iştirok etişi mumkin.