Jahon | 10:22 / 05.01.2016
7754
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Hillari Klintonni “al-Qoida” matbuot kotibi deb atadi

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod bo‘lmish milliarder Donald Tramp shtabining vakili MSNBC telekanali efirida demokratlarning asosiy nomzodi Hillari Klintonni “al-Qoida” matbuot kotibi deb atadi.

Milliarderning vakili Katrina Pirson “Donald Tramp IShID va terrorchilar nima deb o‘ylashidan tashvishda emas”, deb ta'kidladi.

“U birinchi navbatda amerikaliklar nima deb o‘ylashidan, ular o‘zlarini himoya qilish va oldinga yurish uchun nima qilmoqchi ekanligidan tashvishda”, - qo‘shimcha qildi ayol.

Boshlovchining aynan Trampning bayonotlari terrorchilarga qo‘l kelayotgani haqidagi so‘zlariga javoban Pirson xonim Klintonni “al-Qoida” bilan aloqadorlikda aybladi.

“Ash-Shabob” “al-Qoida”ning bir qismidir. Bu IShID emas edi, Hillari Klinton shunday iddao bilan chiqqaniga qaramay, OAV buni Klintonning g‘alabasi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqda, aslida esa Klinton “al-Qoida”ning matbuot kotibiga aylanib qolgan ko‘rinadi”, - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish