Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:47 / 05.01.2016
5112
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi ekipajga viza berilmagani bois Rossiyaga reyslarni bekor qildi
Turkiyaning Pegasus Airlines kompaniyasi 13 yanvardan boshlab Rossiyaga reyslar bekor etilishini e'lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, bunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan omil samolyot ekipajlari a'zolariga viza berishdan bosh tortilishidir.
Agentlikning ma'lum qilishicha, Turkish Airlines kompaniyasi ekipajlari uchun viza olishga erishgan va shu bois Rossiyaga reyslar bekor qilinmagan.