O‘zbekiston | 12:19 / 05.01.2016
9863
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda mintaqadagi eng yirik chulki-paypoq fabrikasi ishga tushadi

Uztex tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yaqin vaqtlar ichida mintaqadagi eng yirik chulki-paypoq fabrikasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Yangi Katqala Tex fabrikasi Xorazm viloyatining Shovot tumanida ish boshlaydi. Korxona Italiyaning Lonati Group kompaniyasi yetkazib bergan 550 dona to‘liq avtomatlashtirilgan yangi avlod mashinasi bilan jihozlangan.

“300 kishidan ziyod kishi mehnat qiladigan fabrikaning chiqarish hajmi kuniga 100 ming, yiliga — 35 million juft atrofida juft chulki-paypoqni tashkil etadi. Muassasaning eksport salohiyati 20 million dollardan oshadi”, - dedi kompaniya vakili.

Lonati Group`dan tashqari, Italiyaning boshqa kompaniyalari ham fabrika jihozlanishini oxiriga yetkazish bo‘yicha ish olib bormoqda. Masalan, Dinema qurilmalar samaradorligini tekshirish uchun dasturiy ta'minot o‘rnatishga mas'ul hisoblansa, Tecnopera – ishlab chiqarish liniyalari, dazmollash tizimlari va tayyor mahsulotni qadoqlash ustidan nazorat qiladi. Rossetto Group esa konditsiyalashga javobgar.

Ikkinchi bosqichda 2017 yil so‘ngiga qadar muassasa yiliga 70 million juft mahsulot ishlab chiqarish darajasiga yetishni maqsad qilgan. Bunda 70 foiz mahsulot eksport qilinadi. Rossiya, Germaniya, Polsha, Yaponiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari asosiy bozor hisoblanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish