Sport | 19:53 / 05.01.2016
5060
1 daqiqa o‘qiladi

Xorxe Valdano: Zidanning tayinlanishi tavakkalchilik bilan qabul qilingan qaror bo‘ldi

"Real" jamoasining sobiq bosh direktori Xorxe Valdanoning hisoblashicha, jamoa bosh murabbiyligiga Zinedin Zidanning tayinlanishi tavakkalona qaror bo‘ldi.

U shuningdek, jamoa nega Benites "Real"da ko‘ngildagidek ishlay olmagani haqida aytib o‘tgan.

"Zidanning tayinlanishi tavvakkalchilik bilan qabul qilingan qaror bo‘ldi. Benites jamoada faqat hujumkor futbolchilar to‘plangani uchun, yarim himoyada to‘p bilan ta'minlovchi futbolchilar yetishmovchiligiga duch keldi. U o‘zi qabul qilib olgan jamoa futbolchilariga ortiqcha jismoniy yuk yukladi", deydi Valdano.