Sport | 00:55 / 05.01.2016
8409
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan "Real" bosh murabbiyi sifatida ilk marta murojaat qildi

"Real" bosh murabbiyi sifatida tayinlangan Zinedin Zidan matbuot anjumanida yangi lavozimidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Menga bu buyuk jamoani boshqarish imkoniyatini bergani uchun "Real" prezidentiga minnatdorchilik bildiraman.

Bugun men uchun katta xursandchilik kuni va endi men butun qalbim bilan jamoadagi vaziyatni yaxshilash uchun ishlayman.

Bundan oldin menda bunday hayajon "Real"ga futbolchi sifatida kelgan kunimda bo‘lgandi.
"Real" jahonning eng yaxshi jamoasi va jamoaning muxlislari dunyodagi eng yaxshisi.

Mavsum oxirigacha birorta sovrinni qo‘lga kiritish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilaman", - deydi Zidan.

"Real"da Rafael Benites iste'foga chiqarilib, uning o‘rniga Zidan tayinlandi