Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda AQShning harbiy vertolyotlari o‘qqa tutilishi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi
5 yanvar kuni Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida AQShga tegishli harbiy vertolyot o‘qqa tutilishi oqibatida amerikalik bir nafar harbiy halok bo‘ldi va ikki nafari yaralandi. Bu haqda AQShning Afg‘onistondagi qurolli kuchlari vakili, brigada generali Uilson Shoffner ma'lum qilgan.
Amerikaliklar marhum harbiyning nomini aytishmagan.
"Biz bu yo‘qotishdan qattiq afsusdamiz", deyiladi Mudofaa vazirligida.
Aniqlik kiritilishicha, Hilmand viloyatidagi Marja tumani yaqinida bir vertolyot harbiy amaliyot vaqtida minomyotdan o‘qqa tutilishi tufayli harbiylar jarohatlangan. Ularni evakuatsiya qilish uchun chaqirilgan tibbiyot xodimlari mingan vertolyot ham o‘qqa tutilgan.