Texnologiya | 17:14 / 06.01.2016
3187
2 daqiqa o‘qiladi

D-Link uyda yong‘in chiqqanida SMS yuboradigan datchikni namoyish qildi

D-Link kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan CES-2016 ko‘rgazmasida “aqlli uy”ning bir unsuri bo‘lmish DCH-S165 mydlink Smart Alarm Detector datchigini namoyish etdi.

Aytilishicha, yangi uskuna tahlikali ovozlarni eshitadi va xo‘jayinni darhol xavfdan SMS-xabar vositasida ogohlantiradi.Uskunaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u judda oddiy strukturaga ega bo‘lib, Wi-Fi bor har qanday xonadonga o‘rnatilishi mumkin.

DCH-S165 rozetkaga va simsiz internetga ulanadi, shundan so‘ng u atrofdagi ovozlarni “eshitadi”. Agar u haqiqiy tutun datchiklari sirenasi ishlab ketganini eshitsa, bu haqda xo‘jayinga xabar berish uchun unga internet orqali xabar yuboradi.

Uskunani, shuningdek, boshqa har qanday turdagi ovozlarni eshitishga moslashtirish mumkin. Aytaylik, u singan deraza yoki eshik qo‘ng‘irog‘ini eshitishi mumkin.
Uskuna 2016 yilning ikkinchi choragida AQShda 60 dollar narx bilan sotuvga chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish