Texnologiya | 16:12 / 06.01.2016
3166
2 daqiqa o‘qiladi

Intel robotlashtirilgan xoverbordni namoyish qildi

Intel kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan CES 2016 ko‘rgazmasida yordamchi robotga aylana oladigan xoverbord taqdimotini o‘tkazdi.

Kompaniya gadjyetni Hoverboard Butler (xoverbord-eshikog‘asi) deb atamoqda. Video yozish va translyatsiya qilish funksiyasi tufayli robot uyda xo‘jayin yo‘qligida kimlar kelganligini aniqlashi mumkin bo‘ladi. Bunday ssenariy Intel bosh direktori Brayan Krjanichning chiqishi chog‘ida ko‘rsatib berildi.

Uskuna oddiy xoverbordday ishlaydi, ammo korpusning yuqori qismi robot kallasiga aylanib qoladi, shundan so‘ng gadjyet androidga o‘xshab qoladi. Xoverbord ovoz buyruqlari vositasida boshqariladi.

Bundan tashqari, qurilgan kameralar va Intel RealSense 3D texnologiyasi robotga xo‘jayinni tanish va uning ortidan yurish imkoniyatini beradi.

Mahsulot Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi portfeliga kiruvchi NineBot kompaniyasi hamda xoverbordlar ishlab chiqaruvchi Segway bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.
Hoverboard Butler ochiq platformada ishlaydi. Dasturchilar undan 2016 yilning ikkinchi yarmidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.