Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahongir Vohidov Londondagi shaxmat turnirida g‘olib bo‘ldi
Angliyada shaxmat bo‘yicha an'anaviy shaxmat festivali yakunlandi. O‘z tarixida 91-marotaba tashkil etilgan Hastings International Chess Congress turnirida o‘zbekistonlik yosh grossmeyster Jahongir Vohidov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Festivalning asosiy turniri Tradewise Hastings Masters bo‘lib, aynan shu musobaqada Vohidov o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Samarqandlik grossmeyster ushbu musobaqada beshinchi raqam ostida tasniflangan bo‘lishiga qaramay, yakunda kuchli raqiblarini ortda qoldirib, turnir g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda "Olamsport.com" xabar bergan.
U so‘nggi 9-turda qora donalarda turnirning ikkinchi raqamli ishtirokchisi Igor Xenkin bilan durang o‘ynadi. Germaniyalik bu grossmeyster turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi edi. Ushbu durang natija Jahongir Vohidovni 7 ochko bilan turnir g‘olibiga aylantirdi.
Shuncha ochko jamg‘argan polshalik Aleksandr Mista qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ikkinchi, litvalik grossmeyster Sarunas Sulskis 6,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.