Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 19:02 / 06.01.2016
3139
1 daqiqa o‘qiladi
Kia Detroytga katta yo‘ltanlamasning prototipini olib keladi
Kia kompaniyasi KCD12 yirik kontseptual yo‘ltanlamasining birinchi tizerini ommalashtirdi. Uning premerasi 11 yanvar kuni Detroyt avtosalonida o‘tkaziladi.
Yangi mashina kompaniyaning Kaliforniyadagi dizayn-studiyasida tayyorlandi. Unda eng ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy xavfsizlik tizimlaridan foydalanilganligi aytilmoqda.
Prototipning kuch qurilmasi haqidagi ma'lumotlar sir tutilmoqda. Kompaniya, shuningdek, tovar nusxasi qachon chiqishini oshkor qilmayapti.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish