Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR yadro quroli faqatgina uning suverineti buzilganda qo‘llanishini ma'lum qildi
Shimoliy Koreya agarda uning suverineti buzilmasa, yadro qurolidan foydalanmasligini ma'lum qildi. Bu haqda mamlakat markaziy televideniyesida e'lon qilingan murojaatda so‘z boradi.
“Agarda suverinetimiz buzilmasa, biz yadro qurolidan foydalanmaymiz”, - deyiladi bayonotda.
Bundan avvalroq esa KXDR hukumati vodorod bombasi muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tganini tasdiqlagan edi.
Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreya hududida texnogen xarakterdagi zilzila qayd etilganidan so‘ng darhol KXDR yadro sinovi o‘tkazgani to‘g‘risidagi gumonini ma'lum qildi.