Jahon | 09:11 / 06.01.2016
4413
2 daqiqa o‘qiladi

Obama: Qurol sotib oluvchilar yagona qonunga bo‘ysunishlari kerak

AQSh prezidenti Barak Obama barcha qurol sotib oluvchilar yagona qonunga itoat qilishlari kerakligini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Obamaning so‘zlariga ko‘ra, qurol xarid qilayotganlar mamlakatda qotilliklar va otishmalarning oldi olinish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Uning qayd etib o‘tishicha, kongress bu haqda qaror qabul qilishda aql bilan ish tutmog‘i, shu bilan birgalikda imkon qadar tezroq qaror chiqarmog‘i kerak.

Bundan oldinroq, AQShda qurol sotish tartibiga o‘zgartirish kiritilgani xabar qilingandi. Yangi tartibga ko‘ra, qurol sotuvchi qurol oluvchining biografiyasi bilan to‘liq tanishib chiqishi lozim bo‘ladi.

Mazkur ish bilan shug‘ullanish uchun esa alohida guvohnoma olish zarur bo‘ladi. Mazkur guvohnomani qurol sotish do‘konlari egalari va qurollarni internet orqali sotuvchilar ham olishlari lozim.

Qurol sotib oluvchi faol xaridorlar biografiyasini Federal qidiruv byurosi tekshirib chiqadi. Buning uchun byuroning ushbu bo‘limidagi shtatlar sonini 50 foizga ko‘paytirish uchun Obama Kongressdan 200 mln dollar ajratilishini so‘ragan.

AQShda qurol saqlash va uni olib yurish huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan ikkinchi o‘zgartirishda kafolatlangan.