Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 5 nafar o‘zbekistonlik is gazidan zaharlanib vafot etdi
Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinidagi Turar qishlog‘ida 10 nafar o‘zbekistonlik is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Novosti-Kazaxstan nashrining xabariga ko‘ra, ulardan 5 nafarining hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Halok bo‘lganlarning 2 nafari kichik yoshli bolalar edi.
Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, 2 yanvar kuni O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 10 kishi zaharlangani haqida ma'lumot kelib tushgan.
"3 nafar katta yoshli kishi va 2 nafar yosh bola tibbiy yordam ko‘rsatilmasidan oldinroq jon bergan. Yana 5 kishi Kaskelen shahridagi markaziy shifoxonaga yotqizildi", deyiladi xabarda.
Bu voqea noxush hodisa sifatida qayd etilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, marhumlar is gazidan zaharlanib halok bo‘lgan.