Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Yevropa bozori uchun neft narxlarini keskin tushirib yubordi
Shu haftaning seshanba kuni Saudiya Arabistoni Eronning Yevropa neft bozoriga chiqishini qiyinlashtirish maqsadida ushbu bozor uchun narxlarni keskin tushirib yubordi, deb xabar beradi RBK nashri.
Saudiyaning Aramco davlat neft kompaniyasi fevral yetkazmalari uchun chegirmalarni 0.60 dollar/barrelga ko‘paytirdi. Shimoli-G‘arbiy Yevropa uchun chegirmalar 0.20 dollar/barrelga ko‘paytirildi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Osiyo bozoridagi narxlar 0.60 dollar/barrelga ko‘tarildi. AQSh uchun narxlar o‘zgarmadi.
Nashrda ta'kidlanishicha, Saudiya tomonidan narxlarning tushirilishi bozor tendensiyalariga zid keladi. Oxirgi paytlarda Rossiya Urals neftining narxini oshirdi, deb eslatib o‘tadi KBC Advanced Technologies konsalting kompaniyasi xodimi Ehson ul-Haq.
Tahlilchilarning fikricha, Saudiyaning bu harakatlari Yevropa bozorlari uchun Eron bilan boshlanajak kurash yo‘lida tashlangan ilk qadamdir. Sanktsiyalar olib tashlanishi bilan Eron Yevropa bozoriga mahsulot olib kirishni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida ijro etilgan 47 o‘lim jazosi asnosida mamlakatning mashhur shia ilohiyotchisi Nimr an-Nimr ham qatl qilindi. Bu Eronda keskin noroziliklarni keltirib chiqardi, aholi Saudiyaning Tehrondagi elchixonasini ostin-ustun qildi. Shundan so‘ng rasmiy Riyod va uning ittifoqchilari Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi.