Jahon | 08:11 / 06.01.2016
4655
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada yadro poligoni joylashgan hududda zilzila kuzatildi

Shimoliy Koreyada yadro poligoni joylashgan hududda kuchli zilzila kuzatildi, deya xabar berdi Janubiy Koreyaning Ryonhap agentligi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yer osti silkinishi mahalliy vaqt bilan 10.30 (Toshkent vaqti bilan 06.30)da Yangando provinsiyasidagi Pxungeri yadro poligonida qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i bir kilometr chuqurlikda, ya'ni Yer sathi yaqinida joylashgan.

Janubiy Koreya meteoxizmati xabariga ko‘ra, zilzila sun'iy xarakterga ega. Seysmologlar ma'lumotiga ko‘ra, zilzila magnitudasi 4,2 ballni tashkil etgan.
Janubiy Koreya hukumati favqulodda majlis chaqirmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish