Sport | 11:21 / 07.01.2016
3059
1 daqiqa o‘qiladi

Benites "Real"dan tovon puli sifatida 9,5 mln yevro oladi

"Real" klubidan iste'foga chiqarilgan ispaniyalik murabbiy Rafael Benites o‘zaro shartnomaning muddatidan oldin bir tomonlama buzilgani uchun 7 mln funt (taxminan 9,5 million yevro atrofida) tovon puli oladi.

55 yoshli murabbiy 4 yanvar kuni yetti oylik faoliyatdan so‘ng iste'foga chiqarilgan va uning o‘rniga Zinedin Zidan tayinlangandi.

Ushbu undirilajak ustama mablag‘i Rafael Benites o‘z faoliyati davomida olgan tovon pullari orasida eng ko‘p miqdorlisiga aylandi. U "Liverpul"dan iste'foga chiqqanida 4 million funt, "Inter"dan ketganda esa 3 million funt tovon puli olgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish