Sport | 07:23 / 07.01.2016
4127
2 daqiqa o‘qiladi

Drogba futbolchilik faoliyatini yakunlaydi va murabbiy sifatida ishlaydi

Kot d'ivuarlik hujumchi Dide Drogba futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. U o‘zining hozirgi jamoasi, MLSda ishtirok etuvchi Kanadaning «Monreal Impekt» jamoasiga shu haqda ma'lum qilgan.

37 yoshli Drogba keyingi faoliyatini ham aniqlab olgan. U o‘zining sobiq jamoasi «Chelsi»da bosh murabbiy Guus Xiddinkka yordamchilik qiladi.

Drogba «Chelsi» jamoasining murabbiylar shtabiga jamoaning YeChL doirasida PSJ jamoasiga qarshi o‘tkazadigan o‘yinlaridan oldin kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Bundan oldinroq, «Chelsi» va «Monreal Impekt» Drogbaning transferi borasida muzokara olib borayotgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Drogba 2004 yilda Fransiyaning «Marsel» jamoasidan «Chelsi»ga kelib qo‘shilgan va 2011 yilgacha shu jamoada o‘ynab, 8 mavsum davomida 101ta gol urgandi. U keyinchalik Xitoyning «Shanxay Shenxua» va Turkiyaning «Galatasaroy» jamoalarida o‘ynadi. 2014-2015 yillar mavsumida esa yana «Chelsi»ga qaytib, navbatdagi sovrinlar qo‘lga kiritilishida o‘z hissasini qo‘shdi.

"Chelsi" futbolchilari Drogbaning ortga qaytarilishini so‘rashmoqda

Dide Drogba "Chelsi"ga murabbiy yordamchisi bo‘lib qaytishi mumkin