Jahon | 17:32 / 07.01.2016
6821
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Saudiya Arabistonidan har qanday mahsulotni olib kirishni taqiqladi

Eron Saudiya Arabistoniga nisbatan mahsulot sanksiyasini joriy etadi, deya xabar bermoqda Press TV davlat televideniyesi tvitterda.

“Eron Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlar buzilganidan so‘ng Saudiya Arabistonidan keladigan har qanday mahsulotga taqiq qo‘yadi”, - deyiladi xabarda.

Bir vaqtning o‘zida Eron Saudiya Arabistonini Sano shahridagi diplomatik vakolatxonasini bombardimon qilishda ayblamoqda. Mazkur hodisa natijasida bir necha qo‘riqchi xodimlar tan jarohatini olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish