Sport | 12:55 / 07.01.2016
6832
1 daqiqa o‘qiladi

Hakam: Suares "Espanol" o‘yinchilarini axlat deb atab, janjal keltirib chiqardi

Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Barselona" va "Espanol" o‘rtasidagi uchrashuvda(4:1) yuzaga kelgan ziddiyat uchrashuv hakami Xuan Munueraning final hushtagidan ham yumshamadi.

Janjal tribuna osti binosida ham davom etgan va mushtlashuv yuzaga kelgan. Janjalni "Barselona" hujumchisi Luis Suares keltirib chiqargan.

"Espanol" futbolchilari zinadan ko‘tarilayotganlarida Suares ularni kutib turdi va "Sizlarni kutib turibman, bu yoqqa kelinglar. Sizlar hammangiz - axlatsizlar" dedi. Shundan so‘ng mushtlashuv yuzaga keldi va stadion xodimlari va murabbiylarning aralashuvidan so‘ng bunga barham berildi", - deya Munueraning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.