Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: Fors ko‘rfazidagi ajralish, KXDRga yangi sanksiyalar, IShIDning yangi yo‘qotishlari va kunning boshqa xabarlari
Kun.uz sayti odatdagidek kunning asosiy voqealarini eslatib o‘tadi.
Bugun ham Saudiya Arabistoni va Eron munosabatlarida chigalliklar davom etdi.
Shimoliy Koreyaning vodorod bombasi sinovi o‘tkazgani haqidagi xabarga esa ishonchsizlik bildirildi.
Iroqda esa IShIDning harbiy vaziri yo‘q qilingani haqida xabar berildi.
Fors ko‘rfazidagi ajralish

Iordaniya TIV Eron elchisini Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujumlar sababli chaqirtirdi
Qatar Erondan elchisini chaqirtirib oldi
Tehron Saudiyani Yamandagi elchixonasiga aviazarbalar berganlikda aybladi
Eron Saudiya Arabistonidan har qanday mahsulotni olib kirishni taqiqladi
Ar-Riyod Eronning Yamandagi elchixonasiga berilgan zarbalarni izohladi
Somali TIV Eron bilan diplomatik munosabatlar uzilganini e'lon qildi
KXDR va vodorod bombasi

Kerri AQSh Shimoliy Koreyani yadroviy davlat deb tan olmasligini aytdi
BMT Bosh assambleyasi raisi Shimoliy Koreya kuchni namoyish qilishdan voz kechishi kerakligini aytdi
Janubiy Koreya va AQSh KXDRga qarshi yangi sanksiyalar ishlab chiqadi
NYT: Tahlilchilar KXDRda vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganiga shubha bilan qaramoqda
Tinib-tinchimas Tramp

Tramp va aktyor Semuel Jyekson golf o‘yinida bir-birlarini firibgarlikda ayblashdi
Tramp: Janubiy Koreya AQShga o‘z himoyasi uchun ko‘proq pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi
Harbiy vazirsiz qolgan IShID

Manba: Iroqda IShIDning harbiy vaziri yo‘q qilindi
Obama Iroq bosh vaziri bilan IShIDga qarshi kurashni muhokama qildi
Iroq HHK mamlakat g‘arbida IShIDning 75 jangarisini yo‘q qildi
Liviyada terakt

Liviyadagi harbiy bazada portlash sodir bo‘lishi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
Liviyadagi harbiy lagerda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 65 nafarni tashkil etmoqda
Shuningdek, quyidagi xabarlar:
Obama Iroqdan turk harbiylarining olib chiqib ketilishi zarurligini yana bir bor aytib o‘tdi
Ukraina Markaziy Osiyoga Kaspiy orqali tovar yetkazib berishni yo‘lga qo‘yadi
XXR Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarga ikki yo‘lovchi samolyotini qo‘ndirdi
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2016 yilgi prognozlarini yaxshiladi
Moskvada Turkiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Swissotel mehmonxonasi faoliyati to‘xtatildi
Parijda pichoq bilan qurollangan erkak politsiya komissariyatiga bostirib kirmoqchi bo‘ldi
2015 yilda Xitoyning xalqaro zaxiralari 512 mlrd dollarga qisqardi