Jahon | 18:10 / 07.01.2016
5863
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Turkiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Swissotel mehmonxonasi faoliyati to‘xtatildi

Moskvadagi Kosmodamianskaya qirg‘og‘ida joylashgan Swissotel mehmonxonasi faoliyati Turkiyaga qarshi sanksiyalar doirasida to‘xtatilgan. Bu haqda RBK nashri xabar tarqatgan.

Bu mehmonxona Turkiyaning Enka kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. Rossiya hukumatining 30 dekabr kuni tasdiqlagan qaroriga ko‘ra, turk kompaniyalari Rossiya hududida sayyohlik biznesi bilan shug‘ullanishi taqiqlangandi.

Mehmonxonadagi manbaning ma'lum qilishicha, mehmonxonada 30 dekabr kuniyoq xonalarga buyurtma olish to‘xtatilgandi.

Ma'lumot uchun, 2005 yilda ochilgan 34 qavatli bu mehmonxona shveysariyaliklarning Swissôtel Hotels & Resorts kompaniyasi tomonidan boshqarilar, bino esa "Moskva-Krasnyye Xolmy" korxonasiga tegishli hisoblanardi. Bu korxona esa Turkiyaning Enka kompaniyasi va Moskva shahri hokimiyati hamkorligida tashkil etilgandi.

Mehmonxonaning oylik daromadi 30-40 mln rublni tashkil etardi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish