Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda "faxriy donorlar"ga moddiy mukofotlar beriladi
7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi donorlarning bir marta olinadigan donorlik qoni hajmi me'yorini va qon topshirish davriyligini tartibga solish, shuningdek tekinga qon topshirayotgan shaxslarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish yo‘li bilan respublikada donorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan normalarni ko‘zda tutadi.
“Adolat” Sotsial demokratik partiyasi matbuot xizmatida aniqlik kiritilishicha, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga kiritilayotgan qo‘shimcha “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan donorlarning eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik mukofotlanishini ko‘zda tutadi.