Jahon | 18:14 / 07.01.2016
3029
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda pichoq bilan qurollangan erkak politsiya komissariyatiga bostirib kirmoqchi bo‘ldi

Frantsuz politsiyasi pichoq bilan qurollangan erkak kishiga Parijning 18-okrug komissariyati binosiga bostirib kirmoqchi bo‘lganida o‘q uzdi, deya xabar bermoqda BFMTV telekanali.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, pichoq va portlovchi uskunaga o‘xshash buyum bilan bo‘lgan erkak kishi politsiya komissariyatiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Politsiya xodimlari unga qarata o‘q uzgan. Jinoyatchi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida jon bergan.

Keyinroq ma'lum bo‘ldiki, portlovchi uskunaga o‘xshash buyum soxta narsa bo‘lib chiqdi.
Hodisa Charlie Hebdo tahririyatiga hujum uyushtirilishining bir yilligida sodir bo‘ldi.