Jahon | 17:14 / 07.01.2016
3587
1 daqiqa o‘qiladi

Tehron Saudiyani Yamandagi elchixonasiga aviazarbalar berganlikda aybladi

Eronning davlat axborot kanallari Saudiya Arabistoni aviatsiyasi Eronning Yamandagi elchixonasiga aviazarbalar bergani haqida axborot tarqatmoqda, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Eron Saudiyani Sanodagi diplomatik korpusi binosini o‘qqa tutishda ayblamoqda. Aytilishicha, buning oqibatida qo‘riqlash xizmatining bir qancha xodimi jarohat olgan.

Yamanda davom etayotgan fuqarolik urushida Eron isyonchi xusiylarni qo‘llab-quvvatlamoqda, Saudiya boshchiligidagi harbiy koalitsiya esa hukumat qo‘shinlariga isyonchilarga qarshi kurashda yordam bermoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish