Texnologiya | 16:52 / 08.01.2016
14864
2 daqiqa o‘qiladi

Chevrolet yangi Cruze xetchbekini namoyish etdi

Chevrolet kompaniyasi 11 yanvarda Detroytda ochiladigan motorshouda yangi avlod Cruze xetchbekini taqdim etadi. “Sedan” kuzovli model esa o‘tgan yilning yozida taqdim etilgan edi, deya yozmoqda Motor.ru.

Xetchbek General Motors konsernining “Opel Astra” oilasi uchun foydalanib kelinayotgan yangi modul platformasi asosida qurilgan. Cruze modeli mazkur turkumdagi eng uzun g‘ildirak bazasiga ega bo‘ldi (2700 mm). Uning vazni esa avvalgi modelga qaraganda 91 kilogrammga yengilroq. Yukxonasining hajmi esa 524 litrni tashkil etib, orqa o‘rindiqlar yig‘ishtirilgan taqdirda, 1189 litrgacha kengayishi mumkin.

Yangi model olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yoki olti diapozonli “avtomat” bilan juftlikda ishlaydigan 153 ot kuchiga ega 1.4 turbo dvigatel bilan ta'minlanadi. Chevrolet Cruze tezligini soatiga yuz kilometrgacha oshirishi uchun sakkiz soniya talab qilinadi.

Xetchbek shu yilning kuzida sotuvga chiqadi va bir vaqtning o‘zida 40ta bozorda sotiladi.