Jamiyat | 16:25 / 08.01.2016
4833
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvalik kirakash o‘zbekistonlik mijozining telefoni va 76 ming rublini o‘g‘irladi

Moskvada taksi mashinasiga o‘tirgan o‘zbekistonlik kishi telefoni va 76 ming rubl pulidan ajraldi, deb xabar berdi bir qator internet nashrlar.

Aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi taksiga o‘tirib, Sberbank shoxobchasiga kirgan va kartasidan pul yechib olgan. Uyga qaytish chog‘ida mashina ichida o‘tirib uxlab qolgan.

Mashinadan tushganidan so‘ng yonida telefoni va plastik kartasi yo‘qligini aniqlagan. Keyingi surishtiruvlar kartadan 76 ming rubl yechib olinganini ko‘rsatdi.

Politsiya kirakashni qidirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish