Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Seul KXDR chegarasida tashviqot eshittirishlari qaytadan yo‘lga qo‘ydi
Janubiy Koreya juma, 8 yanvar kuni Pxenyan yadro sinovi o‘tkazganiga javob sifatida KXDR chegarasida ovoz kuchaytirgichlar yordamida tashviqot eshittirishlarini uzatishni boshladi.
Ryonhap agentligining xabariga ko‘ra, tashviqot mahalliy vaqt bilan soat 12.00 da 11 dona ovoz kuchaytiruvchi karnaylar yordamida eshittirila boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 6 yanvar kuni o‘zining ilk vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganini ma'lum qilgan edi.
Xalqaro hamjamiyat, jumladan, yadro quroliga ega davlatlar Pxenyanning harakatlarini muhokama qilib, o‘z xavotirini bildirgan edi.
Biroq ko‘pchilik mutaxassislar portlash keltirib chiqargan yer silkinishi magnitudasining pastligi sababli shimolliklarning vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganini shubha ostiga olmoqda.