Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obameyang: «Arsenal»ga o‘tishni istamayman
Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang o‘zining «Arsenal» jamoasiga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
«Men «Arsenal» safiga o‘tishni istamayman. Men Dortmundni yaqin vaqt ichida tark etmoqchi emasman», degan gabonlik ushbu futbolchi ESPN nashri muxbiriga.
Bundan oldinroq, Afrikaning 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi sifatida mukofotlangan 26 yoshli futbolchiga «Arsenal» jamoasi 60 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Dortmundliklar ham aynan shuncha miqdordagi mablag‘ evaziga ushbu futbolchisini sotishga rozi bo‘lishini bildirgandi.
Ma'lumot uchun, Obameyang joriy mavsumda bundesliganing 17ta uchrashuvida 18ta gol urgan va mavsumda «Oltin butsa» mukofoti uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi.