Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Abu-Dabida muzokaralar o‘tkazdi
7 yanvar kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari vakillari – Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmad al-Jarman va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Juma al-Kayt bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
"Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi", deb xabar beradi TIV axborot xizmati.
Uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlik, siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy aloqalarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha o‘rnatilgan daraja ijobiy baholanib, barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish ikki tomon maqsadlariga muvofiq ekanligi ta'kidlandi.