O‘zbekiston | 16:18 / 08.01.2016
5356
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ferrosplastlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi

Hindistonning Aeepl Dreamingeers kompaniyasi Bekoboddagi “O‘zbek metallurgiya kombinati” AJ bilan ferroqotishmalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda korxona rasmiy vakillariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, tomonlar loyiha realizatsiyasining oraliq konsepsiyasini muhokama qilgan.

"Kelishuv doirasida Hindiston kompaniyasi 2016 yil boshida "O‘zmetkombinat"ga o‘z texnologik ishlanmalari hamda ferrosilitsiy ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha jihozlar yetkazish sxemasini taqdim etadi", — tushuntirdi agentlikning suhbatdoshi.

Loyiha qiymati 65 mln dollarni tashkil qilishi mumkinligi aytilmoqda. Ilgariroq kombinat 2015-2018 yillarda Markaziy Qizilqumdagi Ko‘kpatas koni negizida ferrosqotishmalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga 64.8 mln dollar ajratishi xabar qilingan edi. 2017 yilda u yerda 15 ming tonna ferrosilitsiy, 2018 yilda esa 10 ming tonna ferrosilikomarganets ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish