Sport | 08:05 / 08.01.2016
3829
2 daqiqa o‘qiladi

Platini FIFA prezidentligi uchun saylovdan o‘z nomzodini qaytarib oldi

Futbol faoliyatidan 8 yilga chetlashtirilgan UYeFA rahbari Mishel Platini FIFA prezidentligi uchun saylovdan yechib olishga qaror qildi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatgan.

Nashrga bergan intervyusida Platini saylovda ishtirok etish uchun imkoniyati qolmagani va o‘z nomzodini saylovdan yechishga qaror qilganini bildirgan.

"Menda saylovchilar bilan uchrashish hamda raqiblarga qarshi kurash olib borish uchun vaqt ham, imkoniyat ham yo‘q. O‘z nomzodimni qaytarib olaman va menga qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa ayblovlardan qutilaman", deydi u.

FIFAning yangi prezidenti 26 fevral kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadigan saylovdan keyin aniqlanadi.
Saylov uchun 5 kishining nomzodi ro‘yxatga olingan. Ular: shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa, Janni Infantino, Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husayn, FIFA bosh kotibining sobiq o‘rinbosari va JARlik futbol amaldori Tokio Seksvale va Jyerom Shampan.